Antaliya Gran-prisining ikkinchi kuni ham medalsiz oʻtmadi. Erkaklar oʻrtasida J2 klassida -90 kg vazn toifasida hamyurtimiz Otabek Irisbekov bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Eslatib oʻtamiz, turnirning ilk kunida erkaklar oʻrtasida J1 klassida -60 kg vazn toifasida Diyorbek Maydonov va ayollar oʻrtasida J2 klassida -48 kg vazn toifasida Kamola Uzoqova 2 ta kumush medalni terma jamoamiz hisobiga yozdirib qoʻygan edi.
Hozircha delegatsiyamiz hisobida 2 ta kumush va 1 ta bronza medali mavjud.
Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati