Musobaqaning dastlabki kunida 5 ta medalga sazovor boʻlgan para dzyudochilarimiz bugun 4 ta medal qoʻlga kiritishdi. Jumladan, erkaklar oʻrtasida -81 kg vazn toifasida Davurxon Karomatov va +100 kg vaznda Shirin Sharipov oltin, -100 kg vaznda Sulaymon Alayev hamda Sharif Xalilov bronza medaliga ega chiqdi.
Gran-Pri yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston para dzyudo terma jamoasi 2 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan 38 mamlakat orasida umumjamoa hisobida 2-oʻrinni egalladi, deya xabar beradi Oʻzbekiston Dzyudo Federatsiyasi matbuot xizmati.
Maʼlumot uchun, kechagi bahslarda ayollar oʻrtasida Lobar Xurramova (-48 kg), Sevinch Salayeva (-52 kg), Parvina Samandarova (-57 kg), erkaklar oʻrtasida Sherzod Namozov (-60 kg), Oʻtkir Nigʻmatov (-66 kg) kumush, Uchqun Quranbayev (-66 kg) bronza medalini qoʻlga kiritgan edi.