Para pauerlifting va para yengil atletikachilarimiz kunni yuqori notada yakunlab berishdi!

    Bahrayn davlatida bo‘lib o‘tayotgan IV Para Osiyo o‘yinlari hamyurtlarimiz omadli davom etmoqda. Kecha para pauerliftingchilarimiz bahslarga kirishdi va 3 ta oltin medalga sazovor bo‘lishdi.

    Erkaklar o‘rtasida -59 kg vazn toifasida Odiljon Yakubov 115 kg toshni bo‘ysundirgan holda birinchi o‘rinni egalladi. Ayollar o‘rtasida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan -45 kg vazn toifasida Dildora Nurilloyeva 35 kg toshni ko‘targan bo‘lsa, yana bir chempionimiz -55 kg vazn toifasida musobaqada qatnashgan Ozoda Olimova 55 kg natija qayd etdi.

    Shuningdek, para yengil atletika bahslarida ham medallar qo‘lga kiritildi. Erkaklar o‘rtasida F46 klassida nayza uloqtirish bo‘yicha 42.45 metr natija ko‘rsatgan hamyurtimiz Furqat Neʼmatov bronza medaliga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, F34 klassida ayollar o‘rtasida disk uloqtirish bo‘yicha Diyora Anvarova kumush medalni qo‘lga kiritdi.

    Bugungi natijalardan so‘ng delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 16 taga yetdi. Shulardan 9 tasi oltin, 2 tasi kumush va 5 tasi bronza medallaridir.