Ushbu yigʼinda 17 nafar sportchi va 4 nafar trener ishtirok etmoqda. 

“Oʼquv-mashgʼulot yigʼinida asosiy eʼtibor sportchilarning umumjismoniy tayyorgarligi va maxsus jismoniy tayyorgarligiga qaratilgan. Boisi, oldinda bizni 2 ta muhim musobaqa kutmoqda. Jumladan, joriy yilning 19-21 may kunlari Manchester shahrida Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʼyinlariga muhim reyting ochkolar beruvchi Yevropa ochiq chempionati hamda 24-27 may kunlari Dubayda Xanjchou-2022 Para Osiyo oʼyinlariga yoʼllanma beruvchi saralash turniri boʼlib oʼtadi. Maqsadimiz, ushbu musobaqalarda yuqori oʼrinlarni egallab, koʼzlangan natijaga erishishdir”, dedi para taekvondo boʼyicha trener Bobur Qoʼziev.