Ushbu yoʻnalishda oltin va bronza medallarni ikki nafar sportchimiz – Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev hamda Tolibboy Yoʻldoshev qoʻlga kiritdi.

Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev 16.37 metr natija bilan chempionlikni tantana qilgan boʻlsa, 15.24 metr natija qayd etgan Tolibboy Yoʻldoshev bronza medalga sazovor boʻldi.

Shu tariqa Oʻzbekiston delegatsiyasining medallari 6 taga yetdi. Yaʼni, 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 bronza.