Paralimpiya gʻolib va sovrindorlariga sovgʻalar topshirildi

    Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya bahslari oʻz yakuniga yetdi.

    Ushbu Paralimpiya bahslarida Oʻzbekiston delegatsiyasi 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medalni qoʻlga kiritib bugun vatanimizga qaytib keldi.

    Milliy Olimpiya Qoʻmitasi binosida Paralimpiada gʻolib va sovrindori uchun 10 ta Tahoe (chempionlarga) hamda 16 ta BYD Song Plus Champion avtomobillari (kumush va bronza medali sohiblariga) sovgʻa qilindi.

    Shuningdek oltin medal sohiblariga davlatimiz rahbari tomonidan :

    — 200 ming AQSH dollari;

    — Tahoe avtomobili;

    — 2 qavatli kottedj.

    Kumush medal sohiblariga:

    — 100 ming AQSH dollari;

    — BYD Song Plus EV Champion avtomobili;

    — Uy.

    Bronza medali sohiblariga:

    — 50 ming AQSH dollari;

    — BYD Song Plus DM-i Champion avtomobili;

    — Uy sovgʻalari topshirildi.