Paralimpiya olovi Fransiya shaharlari boʻylab sayohatni boshladi

    Britaniyaliklar Paralimpiya mashʼalasini fransiyalik sportchilarga topshirdi. Oʻn ikki mashʼala Fransiya shaharlari boʻylab sayohatni boshladi.

    Stok Mandevil qishlogʻidagi mashʼalachilar yarim yoʻlda fransiyalik hamkasblari bilan uchrashishdi. Ular orasida Paralimpiya harakati va birinchi Paralimpiya oʻyinlari asoschisi Lyudvig Guttmanning nevarasi Lora Mills ham bor.

    Kale kommunasidagi tunnelning sharqida yana 11 ta mashʼala yoqildi. Paralimpiya mashʼalasi estafetasiga imkon qadar koʻproq fransuzlarni jalb etish va nogironlar hayotiga jamoatchilik eʼtiborini qaratish maqsadida mashʼalachilar Fransiya shaharlari boʻylab sayohat qilishdi.

    Ushbu marosim 28-avgust kuni Parijda yakunlanadi. Shu kuni Paralimpiya oʻyinlarining bosh mashʼalasi yoqiladi. Sport musobaqalari 8-sentyabrga qadar davom etadi.