Tadbir yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov para yengil atletikachilarimiz – Muhammad Rexsimov hamda Nurxon Qurbonova Paralimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston sport delegatsiyasining bayroqdorlari boʻlishini eʼlon qildi.

Eslatib oʻtamiz, XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlarida vatanimiz sharafini 48 nafar para atlet himoya qilishadi. Ular jami 55 ta medal uchun kurashadi. Musobaqa esa shu yil 24-avgustdan 5-sentyabrga qadar oʻtkaziladi.