Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva tashabbusi bilan Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Endryu Parsons, Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Majid Rashed va Koʻzi ojizlar sporti federatsiyasi raisi Ilgar Raximov bilan mamlakatimizda paralimpiya harakatini rivojlantirish borasidagi hamkorlik yoʻnalishlari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
2025-yilda Mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida oʻtkaziladigan “V yozgi oʻsmirlar Osiyo oʻyinlari”ni oʻtkazish yuzasidan barcha tashkiliy masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar mazkur sport tadbirini muvaffaqiyatli oʻtkazish uchun oʻzaro hamkorlikni kuchaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.