Paralimpiyachilarimiz ham oʻz tarixlaridagi eng yuqori natijani qayd etishdi

    Sport 9 Sentabr 2024 820

    Musobaqada ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi bugun Vatanga qaytib keladi.

    Fransiyaning Parij shahrida XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlari oʻz yakuniga yetdi. 28-avgust – 8-sentyabr kunlari oʻtkazilgan Oʻyinlarda Oʻzbekiston delegatsiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, ilk bor 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza, jami 26 ta medalga sazovor boʻldi.

    Bu bilan paralimpiyachilarimiz medallar jamgʻarish boʻyicha oʻz tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etib, umumjamoa hisobida 13-oʻrinni egalladi. Ushbu natija bilan delegatsiyamiz Osiyo mamlakatlari orasida Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi, shuningdek, Markaziy Osiyo, Islom birdamligi va Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar orasida eng yaxshi koʻrsatkichga ega boʻldi.

    Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlaridagi tarixiy natija bilan mamlakat Milliy Paralimpiya qoʻmitasi, yuksak matonat koʻrsatgan para sportchilarimiz va ularning murabbiylari, millionlab muxlislarimizni samimiy qutlaydi.

    Musobaqada ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi bugun Vatanga qaytib keladi.