“Parij-2024” Olimpiya va Paralimpiya medallari namoyish qilindi

    Medallar dizaynini yaratishda Eyfel minorasining olti burchakli koʻrinishidan foydalanilgan

    Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkaziladigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida sportchilarga topshiriladigan medallarning taqdimoti boʻlib oʻtdi.

    Taqdimotda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari davomida sportchilarga topshiriladigan 5084 ta oltin, kumush va bronza medallari dizayni “Chaumet” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgani taʼkidlandi.

    Shuni alohida taʼkidlash kerakki, ushbu medallar dizaynini yaratishda Eyfel minorasining olti burchakli koʻrinishidan foydalanilgan boʻlib, bu toʻrt yillik oʻyinlarning gʻolib va sovrindorlari Fransiya ramzi bilan taqdirlanayotganini anglatadi, deyiladi “Parij-2024” tashkiliy qoʻmitasi xabarida.