Parij-2024ga yoʻllanma olgan sportchimiz yurtimizga qaytib keldi

    Parij-2024 oʻyinlariga yoʻllanma olgan hamyurtimiz Server Ibragimov yurtimizga qaytib keldi.

    Avval xabar berganimizdek, Server Ibragimov Fransiyaning Shatoru shahrida oʻtkazilgan para oʻq otish boʻyicha Jahon kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga litsenziyani qoʻlga kiritdi.

    Bugun, 14-iyun kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida musobaqada ishtirok etgan sportchilarimiz kutib olindi.

    Kutib olish marosimida Sportni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Sh.Mahmudov, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari O.Ergashev, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi, deyiladi Sportni rivojlantirish vazirligi xabarida.