“Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Unga koʻra, Parij-2024 yozgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashgan bokschi, Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport boʻlimi yoʻriqchi-sportchisi Sitora Turdibekova “Jasorat” medali bilan mukofotlandi.
Avvalroq Sitora Turdibekovaga Olimpiya oʻyinlarida ishtiroki uchun tadbirkor tamonidan 1 xonali uy sovgʻa qilingani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib oʻtamiz, Sitora Turdibekova Parij-2024 yozgi Olimpiada oʻyinlarida jinsi bahs-munozaralarga sabab boʻlgan tayvanlik bokschi Lin Yu Ting bilan jang qilib, yutqazgandi.