Parijda Oʻzbekiston Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnir yakunlandi

    Kuni kecha Fransiya poytaxti Parij shahrida kurash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnir boʻlib oʻtdi.

    Yevropada “oliyjanob sport” deya eʼtirof etilayotgan milliy sportimiz — kurash yana Parijda oʻz jozibasini namoyish etdi. Fransiya timsoli sanalgan Eyfel minorasi poyida oʻzbek nomi jaranglab, minglab sayyoharni oʻziga qaratdi.

    30 ga yaqin davlat polvonlari ishtirok etgan turnirda Yevropaning koʻzga koʻringan sportchilari jam boʻldi. Albatta, oʻzbek polvonlari oʻz mahoratini namoyish etdi.

    Mutloq vazn toifasida gilamga chiqqan har bir polvon millati, dini va qarashidan qatʼiy nazar oʻzbekona soʻzladi. Chunonchi kurash gilamiga chiqqan har bir kurashchi qoidaga koʻra oʻzbekcha soʻzlar bilan boshqarib boriladi.

    Natijalar esa quyidagicha:

    Erkaklar:

    1. Muhammadkarim Xurramov (Oʻzbekiston)
    2. Kulum Zakro (Serbiya)
    3. Danov Boban (Makedoniya)
    4. Szurovski Kasper (Polsha)
    5. Marmeljuk Aleksandr (Estoniya)
    6. Papanikolau Panagiotis (Gretsiya)
    7. Gayetan Xuguyes (Fransiya)
    8. Sokol Denis (Litva)

    Ayollar:

    1. Grabovski Jasmin (Germaniya)
    2. Likun Sandra (Polsha)
    3. Lauryne Maniquye Solance (Fransiya)
    4. Bolohan Viktorisa (Belgiya)
    5. Gigova Gabriyela (Bolgariya)
    6. Ganea Nicoleta-Karina (Ruminiya)
    7. Lolova Hanna (Ukraina)
    8. Abdujabborova Durdona (Oʻzbekiston)