Keyingi yillarda mamlakatimizning boy tarixi, maʼnaviy, madaniy merosiga bagʻishlangan koʻrgazmalar tobora ortib borayotgani barchamizni birdek quvontiradi.

23-noyabr kuni boʻlib oʻtadigan koʻrgazmada hozirgi Oʻzbekistonning janubiy hududidan oʻtgan Buyuk Ipak yoʻli haqida hikoya qilinib, unda qariyb ikki ming yillik davrni qamrab oluvchi 169 ta eksponat, jumladan, Oʻzbekistonning 16 ta muzeyidan 138 dona osori-atiqa, shuningdek, dunyoning yetakchi muzeylaridan 31 ta muzey ashyosi namoyish etiladi.

Koʻrgazmada namoyish etilayotgan eksponatlardan biri — Buddaviylar ibodatxonasidagi Kushon shahzodasining boshi. U 1937-yilda Surxondaryo viloyati hududida boʻlgan Kushon podsholigi davrida tashkil etilgan Dalvarzintepa shaharchasi yaqinida arxeologik qazishmalarda topilgan.

Afrosiyob rasmlari 1965-yilda kashf etilgan. Surat taxminan VI asr oxirlari VIII asr boshlariga tegishli. Samarqand ixshidi (hukmdori) Varxuman saroyidan topilgan.

Dalvarzintepadagi buddaviylar ibodatxonasidan topilgan Bodxisattva haykali esa eramizgacha boʻlgan II-III asrga tegishli eksponat hisoblanadi.

Oʻylaymizki, mazkur koʻrgazma fransiyaliklarning Oʻzbekiston haqidagi tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qiladi.