Parijda XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlari boshlandi

    Bugun Oʻzbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini boshlaydi.

    Bu haqda Sport vazirligi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Fransiya poytaxti markazidagi Yelisey maydonlarida oʻtkazilgan milliy terma jamoalar paradida dunyoning 180 dan ortiq davlatidan tashrif buyurgan 4,4 mingga yaqin sportchi ishtirok etdi.

    Ochilish marosimi Konkord maydonida boʻlib oʻtdi. Dunyoning turli davlatlaridan kelgan sportchilar 8-sentyabrga qadar 22 ta sport turi boʻyicha medallar uchun kurash olib boradi.

    Musobaqaning dastlabki kunida parasuzish va parataekvando yoʻnalishida 6 nafar vakilimiz startga chiqadi.

    Para suzish boʻyicha;

    — 14:03. Kirill Pankov para suzish S13 | erkaklar | 100 m. batterflyay

    — 14:03. Muzaffar Tursunxoʻjayev para suzish S13 | erkaklar | 100 m. batterflyay

    — 14:03. Islam Aslanov para suzish S13 | erkaklar | 100 m. batterflyay

    — 14:11. Shoxsanamxon Toshpoʻlatova para suzish S13 | ayollar | 100 m. Batterflyay

    — 14:11. Muslima Odilova para suzish S13 | ayollar | 100 m. Batterflyay

    Para taekvondo boʻyicha;

    — 16:49. Ziyodaxon Isoqova para taekvondo K44 | ayollar | -47 kg