Festival – uzumchilik, milliy taomlarimiz, hunarmandchilik, agroturizm va enoturizmni bir turistik mahsulotga birlashtiradigan xalqaro maydonga aylanmoqda.
21-22-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan tadbirlar orqali Parkentning betakror tabiati, uzumzorlari, milliy an’analari va mehmondo‘stligi yurtdoshlarimiz hamda xorijiy sayyohlarga keng targ‘ib qilinmoqda.