Shu vaqtgacha tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan N. Muhamedov lavozimidan ozod qilindi.
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi direktori vazifasida ishlab kelgan Shoahmedov Shohruh Shorahimovich tumanning yangi rahbari sifatida tanishtirildi.
Sh. Shoahmedov 1979-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Ikki universitet va bir akademiyani bitirgan bu inson iqtisod fanlari nomzodi ekani aytilmoqda.