Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Parkent tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.Sh. (muqaddam sudlangan) “Samarobod” MFY hududidagi oʻzboshimchalik bilan oʻrab olingan 9 sotix yer maydoni fuqaro E.B.ga 270 mln soʻmga sotishga kelishib, yer maydoni hujjatlarini tanishlar orqali rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, oldindan 20 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Oʻzbekiston tumani Qishloq xoʻjaligi boʻlimi hudud yer tuzuvchisi M.M. (muqaddam sudlangan) fuqaro G.R.ga 3 gektar yer maydonini auksion orqali arzon narxlarda yutib berish evaziga 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.