Parkentdan “Mashinasozlar” metro bekatiga ekspress avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

    Transport 27 Yanvar 2023 1458

    Parkent shahridan yoʻlovchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri metro bekatiga yetkazib qoʻyuvchi ekspress avtobus yoʻnalishi tashkil etildi. Masofasi 35 km boʻlgan ushbu yoʻnalishda yoʻlkira narxi 6000 soʻm etib belgilangan.

    Toshkent viloyatidan poytaxtga 9 ta yoʻnalishda ekspress avtobus qatnovini tashkil etish boʻyicha belgilangan reja doirasida Parkent shahridan yoʻlovchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri metro bekatiga yetkazib qoʻyuvchi ekspress avtobus yoʻnalishi tashkil etildi.

    Mazkur ekspress avtobus Parkent avtoshohbekatidan Yangi Oʻzbekiston bogʻi orqali “Mashinasozlar” metro bekatiga qadar harakatlanadi.

    Yoʻnalishda qatnovlarni tashkil etish maqsadida “Parkent ATS” MCHJ tomonidan 5 ta yangi ISUZU NP 26 avtobuslari sotib olindi. Yoʻnalishga jami 8 dona avtobus biriktirilgan.

    Qatnovlar tonggi soat 5:50 dan boshlanadi. Avtobuslar 15 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi. Qatnov davomida ekspress avtobus faqatgina Yangibozor avtoshohbekatida toʻxtab oʻtadi.

    Masofasi 35 km boʻlgan ushbu yoʻnalishda yoʻlkira narxi 6000 soʻm etib belgilangan.