Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-iyuldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi PF-164-son Farmonini tasdiqlash masalasi koʻrib chiqildi.

Qayd etilganidek, mazkur Farmonga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-iyuldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisida”gi PF‒164-son Farmonining 2-bandidagi “soat 21:00 dan soat 07:00 ga qadar” soʻzlari “soat 23:00 dan soat 05:00 ga qadar” soʻzlari bilan almashtirilyapti.

Majlisda Oliy Majlis palatalarining ushbu Farmonni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qoʻshma qarori qabul qilindi.

Shu bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisi oʻz ishini yakunladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.