Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva Federatsiya Kengashi Raisi, MDH PA Kengashi Raisi Valentina Matvienko bilan uchrashdi. Suhbat Samarqandda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Assambleyasi sessiyasi “maydonlari”da boʻlib oʻtdi. Suhbat chogʻida qonun chiqaruvchilarning oʻzaro hamkorligi masalalariga alohida eʻtibor qaratildi. Davlat rahbarlarining kelishuvlarini amalga oshirish uchun ikki mamlakat parlamentlarining birgalikdagi faoliyati muhimligi qayd etildi.

Tanzila Narbaeva Rossiya Federatsiyasi Oʻzbekistonning ustuvor strategik hamkori ekanligini va davlat rahbarlarining ishonchli muloqoti tufayli bugun anʻanaviy doʻstona munosabatlar izchillik bilan yuqori bosqichga koʻtarilayotganini taʻkidladi. YUqori darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida ularning ijrosini taʻminlashda parlament nazorati mexanizmidan foydalanish alohida ahamiyatga ega.

Valentina Matvienko tashkilot tashkil topganligining 30 yilligi nishonlanayotgan yilda Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilayotgan MDH PA tadbirlari yuqori saviyada tashkil etilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Bu yil jahon siyosatining markazi Oʻzbekistonga koʻchdi, bu erda oliy darajadagi yirik xalqaro tadbirlar boʻlib oʻtmoqda. Bu mamlakatimizning xalqaro siyosatdagi oʻrni va jahon hamjamiyatidagi Oʻzbekiston nufuzi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Uchrashuv ishtirokchilari Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik asosidagi vazifalar darajasiga mos keladigan oʻzaro hamkorlikka qaratilgan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldi.

Tomonlar Federatsiya Kengashi va Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha Parlamentlararo komissiya faoliyati va samaradorligig urgʻu berdi. Tadbirda Federatsiya Kengashi Fan, taʻlim va madaniyat boʻyicha qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari A.S. Ilyos Umaxanov va Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safaev ishtirok etib, Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan PKning navbatdagi majlisi yakunlari toʻgʻrisida maʻruzalar qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati