“Pasport seriyamdan noqonuniy foydalanib, boshqa shaxslar roʻyxatga oʻtib olibdi”

    Mamlakatimizda 28 Iyun 2022 1299

    Ayni paytda ayrim fuqarolar tizimdan foydalanish jarayonida muayyan turdagi texnik nosozliklar, tushunmovchiliklar yuzaga kelayotganini maʼlum qilishmoqda.

    Xususan, tizimdan avtorizatsiyadan oʻtish jarayonida “pasport seriyamdan noqonuniy foydalanib, boshqa shaxslar roʻyxatga oʻtib olibdi” degan yanglish xulosa bildirayotganlar ham yoʻq emas.

    Bu haqda Konstitutsiyaviy komissiya Matbuot xizmatining xabar berishicha, Yagona identifikatsiya tizimi (YAIT) OneID fuqarolarga nafaqat Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan izoh qoldirish, taklif yoʻllash, balki davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tijorat tashkilotlarining turli veb-saytlari va portallari orqali 340 ga yaqin turdagi elektron xizmatlarga ega boʻlish imkoniyatini beradi.

    Bu kabi foydalanuvchilar YAIT OneID da oʻzlarining shaxsiy maʼlumotlarini, jumladan login, parol, toʻliq ism, JSHSHIR va hokazolarni ilgari roʻyxatdan oʻtkazishgan, bugungi kunga kelib esa, tizimdan qaytadan roʻyxatga oʻtishga urinayotgan boʻlishi mumkin.