Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabariga koʻra, 2021-yil 25-yanvar kuni soat 23:00 larda Pastdargʻom tumani IIB JQB xodimlari tomonidan Pastdargʻom tumani Oqmangʻit MFY hududida oʻtkazilgan “Tozalash Antiterror” tadbiri davomida, 1994-yil tugʻilgan A.U. yashash uyining alohida xonasida qimorxona tashkil qilib, 7 nafar shaxslarga pul evaziga qimor uyini uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, oʻyinga tikilgan 3 million 46 ming soʻm miqdoridagi pul hamda oʻyin kartalari daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olingan.
Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.