Qarorga muvofiq 2024–2025-yillarda tajriba tariqasida paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni, shu jumladan tuproqning gumus miqdorini oshirish boʻyicha agrotexnik tadbirlar uchun yerdan foydalanuvchilarga (jumladan, klasterlarga) har bir gektar maydonga bir million soʻmdan subsidiya ajratiladi.
Bunda:
- subsidiya ajratish Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan “Agrosubsidiya axborot tizimi” orqali amalga oshiriladi;
- paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha tadbirlarni bajarish uchun dastlab hisoblangan subsidiyaning 70 foizi 2024-yilda ajratiladi;
- subsidiyaning qolgan 30 foizi Paxtachilik kengashining hosildorlik oldingi mavsumga nisbatan oʻrtacha 10 foizga oshganligi toʻgʻrisidagi xulosasiga asosan 2025-yilda ajratiladi.
- Shuningdek, “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tarkibiga oʻtkaziladi.