Championat.asia sayti maʼlumotiga koʻra, Rustam Turdimurodov “Energetik-BGU” klubi safiga qoʻshiladi. Turdimurodov yaqinda Argentinada oʻtgan U-20 Jahon chempionatida ishtirok etdi.

2004-yilda tugʻilgan hujumchi bu mavsum “Paxtakor” safida jami 2 ta oʻyinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali Turdimurodovni ayni paytda 75 ming yevroga baholamoqda.