Unga koʻra, Elit Osiyo chempionlar ligasining 1/8 finalida “Paxtakor” – “Al-Hilol” (S.Arabistoni), “Al Rayyan” (Qatar) – “Al-Ahli” (S.Arabistoni), “Istiqlol” (Eron) – “Al-Nasr” (S.Arabistoni), “Al-Vasl” (BAA) – “Al-Sadd” (Qatar) klublari oʻzaro raqobatlashadi.
Maʼlumot oʻrnida: OFK belgilagan musobaqa reglamentiga koʻra, pley-off bosqichidagi ilk oʻyin jadvalda pastroq oʻrinni egallagan jamoa maydonida oʻtadi. Aniqrogʻi, «Paxtakor« ushbu bosqichdagi birinchi uchrashuvni oʻz uyida oʻtkazadi. Uchrashuvlar 3-4-mart kuniga belgilangan.