Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Xususan, u “Telegram” ijtimoiy tarmogʻidagi shaxsiy akkaunti orqali Telegram kanallaridan birining izohlar qismida diniy adovatni qoʻzgʻatuvchi mazmundagi maʼlumot joylashtirgani maʼlum boʻldi. (Ayrim OAV tarqatgan maʼlumtga koʻra, u Telegramʼda paygʻambar Muhammad (s.a.v.)ni haqorat qilgan.)

Mazkur holat yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida fuqaroning harakatlariga huquqiy baho berildi. Natijada unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 184³-moddasi asosida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish koʻrib chiqish uchun sudga yuborildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Paxtachi tumani sudining 2026-yil 9-yanvar kuni qabul qilingan qarorga muvofiq, mazkur shaxsning qilmishida maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topildi. Sud qaroriga koʻra, unga nisbatan 12 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.