Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256 sonli qarori 2 ilovasi bilan tasdiqlangan Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini va ustun muzokara kuchini eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda raqamli platforma operatorining ustun mavqega ega deb eʼtirof etishning mezonlari belgilangan.

Ushbu Qarorga muvofiq, Raqobat qoʻmitasining tegishli buyrugʻi bilan onlayn toʻlov tizimlari bozorida “Payme” AJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb eʼtirof etildi.

Bunga asos qilib, “Payme” AJ tomonidan onlayn toʻlov tizimlari bozorida ustun mavqega erishganligi toʻgʻrisida Raqobat qoʻmitasiga xabarnomasi taqdim etilgan.