Pedagog portretiga doir

    Ta'lim 27 May 2020 2493

    Pedagogning qalbu qiyofati, bilimi, harakati istiqbol imorati poydevoriga qo'yiladigan g'ishtning pishiq yoki xomligi demakdir. Ingliz olimi Devid Xomskiy bu masalaga o'z e'tiborini qaratgan holda, ilk bor kompetentsiya tushunchasini ilm-fanga olib kirgan.

    Kompetentsiyaga bo'lgan munosabatiga qarab pedagogning portretini chizish mumkin. Globallashuv zamonida zamonaviy pedagogning qiyofati, imiji, intellektual salohiyati, bir so'z bilan aytganda, portreti qanday bo'lishi kerakligi butun dunyo ta'lim tizimidagi o'zak masaladir. SHu xususdagi vebinar - munozara sizni ham qiziqtirishi tabiiy. Joriy yilning 2020 yil 27 may kuni soat 10.00 da Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “ZAMONAVIY PEDAGOG PORTRETI - MUTAXASSIS OLIMLAR NIGOHIDA...” mavzusida VEBINAR - MUNOZARA o'tkazildi.
    Ma'ruzachi sifatida pedagogika fanlari doktori, professor O'zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti “Pedagogika, psixologiya” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor Aynisa Musurmonova ishtirok etdilar. Ular pedagog portretini yaratishda kommunikativ kompetentsiyaning roli bilan bog'liq mulohazalarini bildirdilar.

    Ma'lumki, Ta'lim kompetentsiyasi o'quvchining kelajakdagi to'laqonli hayotidagi faoliyatini modellashtiradi. Masalan, fuqaro ma'lum bir yoshga etgunga qadar ayrim kompetentsiyalarni hayotiga tatbiq eta olmaydi. Bu, albatta, shakllantirish shartmas degani emas. Masalan, o'quvchi maktabda fuqarolik kompetentsiyasini o'zlashtirsa-da, uni hayotda maktabni bitirganidan so'ng ishlatadi.

    SHunga ko'ra bunday kompetentsiyalar o'qish davrida ta'lim kompetentsiyasi sifatida namoyon bo'ladi. Tayanch kompetentsiyalarning dunyo bo'yicha yagona qabul qilingan ro'yxati yo'q. CHunki har bir mamlakatning yoki hududning o'z an'analari, mentaliteti va o'ziga xos talablari bor. Kompetentsiya – jamiyatning o'z fuqarolariga qo'ygan ijtimoiy buyurtmasi bo'lib, ularning ro'yxati muayyan mamlakatdagi yoki hududdagi ijtimoiy muhit bilan belgilanadi.

    Bunday kelishuvga har doim ham erishib bo'lmaydi. Masalan, SHveytsariya va Amerika Qo'shma SHtatlarining iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda ta'lim statistikasi Milliy institutining “Tayanch kompetentsiyalarni tanlash va aniqlash” nomli loyihasida ham tayanch kompetentsiyalarni qat'iy ravishda aniqlab olishning imkoniyati bo'lmagan. Pedagogning siyosiy, axborot va ma'naviy kompetentsiyasi har doim kerak bo'lishi tayin. Tajribadan foydali xulosa yoki natija chiqarib olishi, turli fanlarga va sohalarga oid bilimlarini o'zaro bog'lay olishi va ularni tizimlashtirishni, o'zining shaxsiy o'rganish usullarini tashkil qilish(o'rnatish)ni, muammolarni mustaqil echa olishni bilishi ham kommunikativ kompetentsiyani tashkil qiladi. Ma'ruzadan so'ng professor-o'qituvchilar hamda talabalarning masofaviy tarzdagi savollari e'lon qilindi.

    Ma'ruzachi ularga to'la - to'kis javob berdi.

    Ushbu virtual muloqot ko'pchilikda iliq taassurot uyg'otishi bilan birga mavzu borasida kengqamrovli bilim bergani bilan ham ahamiyatlidir. Institutimizning "PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA" kafedrasining tashabbuskorligi va tashkilotchiligi bilan amalga oshirilgan ushbu vebinar seminar oliy ta'lim muassasalari pedagoglari, fan mutaxassislari bilan hamkorlikni doimiy ravishda yo'lga qo'yish zaruratini ham anglatdi.

    Vebinar-munozara yakunida institut yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor Ro'zimurod CHoriev ma'ruzachi professor Aynisa Musurmonovaga institut rahbariyati nomidan o'z minnatdorchiligini bildirdi.

    TIQXMMI MATBUOT XIZMATI RAHBARI

    Rahimboy Jumaniyozov