Ma'lumki, universitetda 13 ta fakultet mavjud bo'lib, ular poytaxtimizning Chilonzor, Yakkasaroy, Uchtepa, Mirobod tumanlari hamda Toshkent viloyatining Kengsoy hududida joylashgan. Tanishuv jarayonida rektor tomonidan universitetning dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o'qituvchilari bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Muloqot davomida universitetda o'quv jarayonlari, ta'lim sifati, ilmiy va ma'naviy ishlarning samaradorligi bo'yicha takliflar berildi. O'quv xonalarida moddiy texnik bazani yaxshilash, fakultetlarni mazmun jihatdan kerakli o'quv adabiyotlari bilan ta'minlash masalalari bo'yicha takliflar berildi.
Shuningdek, rektor talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan yoshlar bilan ham uchrashdi. Uchrashuv jarayonida talabalar turar joylarida talabalarga yanada yengillik yaratish maqsadadida ularning oylik to'lovlari arzonlashtirildi. Toshkent viloyati Kengsoy hududida joylashgan TTJ talabalari uchun esa to'lovlar bekor qilindi. Ushbu yangilik talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talabalarga quvonch bag'ishladi. Yo'nalishlar bo'yicha muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etiladigan bo'ldi.