Bosh vazir oʻrinbosari dunyodagi eng yirik loukoster aviakompaniyalaridan biri hisoblangan “Pegasus Airlines” rahbariyati bilan muzokaralar davomida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizga xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar va imtiyozlar boʻyicha batafsil maʼlumot berdi.
“Ochiq osmon rejimi” yoʻlga qoʻyilgan mahalliy aeroportlar, aviayoqilgʻi va qoʻnish xizmatlari (ground handling) narxlarining arzonlashtirilgani, olib kelingan xorijiy sayyohlar uchun kompensatsiya (cash back) tizimining yoʻlga qoʻyilgani shular jumlasidandir.
Shundan soʻng “Pegasus Airlines” aviakompaniyasi mutaxassislari tomonidan dunyo boʻylab ziyorat turizmi bozorlarini bogʻlovchi parvozlar xaritasi hamda Oʻzbekiston shaharlari bilan ushbu oqimni bogʻlashga doir loyiha taqdimoti oʻtkazildi.
“Pegasus Airlines” aviakompaniyasi vakillari Oʻzbekiston tomonidan berilayotgan imtiyozlar asosida yangi tijoriy taklif ishlab chiqishi hamda Oʻzbekistonga taqdim etishini bildirdi.
Muzokaralardan keyin Oʻzbekiston delegatsiyasi Istanbul shahridagi “Sabiha Gekchen” aeroporti boshqaruv tizimi va logistikasi imkoniyatlari bilan tanishtirildi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.