"AQSH Xitoyga mikrochip etkazib berishni to'xtatmoqchi. Albatta, xitoylik ishlab chiqaruvchilar uchun bu murakkablik tug'diradi, ammo mikrochip ishlab chiqarish texnologiyasini o'zimiz rivojlantirmoqdamiz. O'ylaymanki, ertami-kechmi biz ularning mahsuloti o'rnini bosuvchi ishlab chiqarishni to'liq kafolatlay olamiz", - dedi elchi “Rossiya segodnya" (MIA) XIA (Xalqaro informatsion agentlik) matbuot anjumanida.

SHu bilan birga, elchi Pekin AQSHning texnologiyalarni o'g'irlashi haqidagi ayblovlarini rad etdi. "Marhamat qilib aytishsinchi, aynan qanday texnologiyalarni o'g'irlayotgan ekanmiz?", dedi elchi.

Amerika Qo'shma SHtatlari Xitoyni intellektual mulk va texnologiyalarni o'g'irlash maqsadida o'z mutaxassislarini Amerika universitetlarida o'qish va tadqiqotlar o'tkazish uchun yuborganlikda ayblamoqda. AQSH ma'muriyati 2019 yilning o'zida bu borada 50 dan ortiq shaxs ayblanganligini ma'lum qilgan.