Pekinda Olimpiya shaharchasi barpo etilmoqda

    Pekinda 2022-yilgi Olimpiya shaharchasining ochilish marosimi kelasi yilning boshida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

    Bu haqda Xitoy poytaxtida qishki Olimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, shahar meri oʻrinbosari Chjan Szyandun maʼlum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.

    “Olimpiya shaharchasining rasmiy ochilishi kelasi yilning 27-yanvar kuni boʻlib oʻtadi, u butun dunyodan kelgan sportchilarni kutib oladi”, dedi u.

    Szyandun shuningdek, Olimpiya oʻyinlari mashʼalasi estafetasi 2-fevraldan boshlanishini taʼkidladi.

    Eslatib oʻtamiz, Pekinda 2022-yilning 4-20-fevral kunlari XXIV qishki Olimpiya oʻyinlari, 4-13-mart kunlari esa Paralimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Avvalroq, qadimgi Gretsiyada qishki Olimpiya oʻyinlari mashʼalasi yoqilgan, shundan soʻng u Pekin musobaqalari tashkilotchilariga topshirilgan va Xitoyga olib ketilgandi.

    Sochida boʻlib oʻtgan 2014-yilgi Oʻyinlar mashʼalasi estafetasi ishtirokchisi va Pxyonchxan-2018 Olimpiadasining yopilish marosimida Gretsiya bayrogʻini koʻtargan togʻ changʻichisi Ioannis Antoniu mazkur Olimpiya oʻyinlarining ilk mayoqchisi boʻladi.