Bu haqda Xitoy poytaxtida qishki Olimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, shahar meri oʻrinbosari Chjan Szyandun maʼlum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.

“Olimpiya shaharchasining rasmiy ochilishi kelasi yilning 27-yanvar kuni boʻlib oʻtadi, u butun dunyodan kelgan sportchilarni kutib oladi”, dedi u.

Szyandun shuningdek, Olimpiya oʻyinlari mashʼalasi estafetasi 2-fevraldan boshlanishini taʼkidladi.  

Eslatib oʻtamiz, Pekinda  2022-yilning 4-20-fevral kunlari XXIV qishki Olimpiya oʻyinlari,  4-13-mart kunlari esa Paralimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Avvalroq, qadimgi Gretsiyada qishki Olimpiya oʻyinlari mashʼalasi yoqilgan, shundan soʻng u Pekin musobaqalari tashkilotchilariga topshirilgan va Xitoyga olib ketilgandi.

Sochida boʻlib oʻtgan 2014-yilgi Oʻyinlar mashʼalasi estafetasi ishtirokchisi va Pxyonchxan-2018 Olimpiadasining yopilish marosimida Gretsiya bayrogʻini koʻtargan togʻ changʻichisi Ioannis Antoniu mazkur Olimpiya oʻyinlarining ilk mayoqchisi boʻladi.