Xitoy Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish imkoniyatlari, ularning xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori sifati yuzasidan batafsil maʼlumotlar taqdimot ishtirokchilarining eʼtiboriga havola etildi. Xorijlik investorlarga mazkur sohada hamkorlik qilish boʻyicha takliflar ham bildirildi.

Xitoyning Shenchjen shahrida ochilayotgan “Shenzhen AllFood Expo 2022” yarmarkasi 26-avgustga qadar davom etadi. Unda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan, shu jumladan, Fransiya, Italiya, Gretsiya, Belgiya, Janubiy Afrika, Yaponiya, Janubiy Koreya, Eran, Afgʻoniston, Shri-Lanka, Bolgariyadan 1,5 mingdan ortiq firma va kompaniyalari oʻzlarining qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishtirok etadi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.