Pele nomi bilan dunyoga tanilgan braziliyalik sobiq futbolchi edson Arantes du Nasimentu tanasida ko'plab shish va yurak etishmovchiligi tufayli San-Paulu shifoxonasiga yotqizildi. Futbolchining qizi uning shifoxonada ekanini tasdiqladi. U uch marta (1958, 1962, 1970) jahon chempioni bo'lgan dunyodagi yagona futbolchi hisoblanadi.
82 yoshli Pele ichaklari, jigari va o'pkasida o'smalar paydo bo'lgani tufayli bir necha oy davomida kimyoterapiya muolajasini olib kelayotgandi. Xabarlarda bu muolajalarning foydasi bo'lmagani aytilmoqda.