Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi 20 yoshli (erkak) B.N. sodir etganligi aniqlandi.
Unga koʻra, B.N jabrlanuvchi N.X.ning uyali telefonidan 5 daqiqaga qoʻngʻiroq qilib olsam maylimi, mening telefonimni quvvati tugab qoldi deya ishontirib, ushbu telefon qurilmasidagi “Click” ilovasi orqali 402.200 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini oʻtkazib olgan.
B.N.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Qonunga muvofiq, B.N. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.