Bu jarayonni my.gov.uz portali orqali onlayn amalga oshirishlari mumkin.
Shuningdek, fuqarolar Davlat xizmatlari markazlariga yoki Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlariga faqat pasport yoki ID kartalari bilan murojaat qilishlari kifoya.
Eslatma: Fuqarolar mehnat faoliyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Pensiya jamgʻarmasi axborot tizimida koʻrinishi uchun hozirdan raqamlashtirib borishlari lozim.
Bunda ishlayotgan fuqarolar mazkur maʼlumotlarini raqamlashtirilganligini oʻz ish beruvchilaridan talab qilishlari lozim.
Hozirda ishlamayotgan fuqarolar esa yashash hududlari boʻyicha Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlari (birja)ga murojaat qilishsa, bandlik boʻlimlari xodimlari tomonidan fuqarolarning mehnat faoliyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlari bepul raqamlashtirib beriladi.