Rossiyaning Azur Air aviakompaniyasining AZV2463 reysi bilan Perm — Goa yoʻnalishida parvoz qilayotgan, bortida 231 yoʻlovchi boʻlgan samolyot soat 03:58 da Termiz xalqaro ayeroportiga qoʻndi.
Tegishli tekshiruvlardan soʻng yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolari ayeroport terminaliga taklif qilindi. Aeroport xodimlari favqulodda qoʻnishni amalga oshirgan bort yoʻlovchilari uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga harakat qilishdi.
“Bugun erta tongda taʼtilga uchayotgan ikki yuzdan ortiq yoʻlovchilar ayeroportimizga qoʻnishga majbur boʻlishdi. Ular charchagab, barchaning kayfiyati tushib ketgan. Biz qandaydir tarzda yoʻlovchilarning koʻnglini koʻtarishga, dalda berishga, qoʻllab-quvvatlashga harakat qildik. Tushlikka esa palov tayyorladik.
Bugun bir yoʻlovchining tugʻilgan kuni rkan. Bu kunni yaxshilik bilan eslash kerak degan qarorga keldik va kichik esdalik sovgʻasini topshirdik, barchamiz ushbu yoʻlovchini bir ovozdan tabrikladik.Vaziyatni oz boʻlsada yumshatishga muvaffaq boʻlganimizdan xursandmiz”, — dedi “Termiz” ayeroporti direktori Shuhrat Qobilov.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, samolyot yoʻlovchilar bilan Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da belgilangan ayeroportga joʻnab ketadi.