Tadbirda tuman hokimi Vahob Qahhorov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi viloyat hududiy boshqarmasi, IT-park Buxoro filiali mutasaddilari hamda raqamli texnologiya sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi.
Mazkur markazda aholi va yoshlarning hamda davlat boshqaruv organlari xodimlarining axborot texnologiyalari yoʻnalishida bilim va koʻnikmalarini oshirishlari uchun zarur boʻlgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Kelgusida tuman yoshlari ushbu oʻquv markazida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish hamda boshqa bir qator yoʻnalishlarda oʻz bilimlarini oshiradilar.
Shuningdek, ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion ishlanmalarni yaratish, start-ap loyihalarini ishlab chiqishga jalb etish rejalashtirilgan.