Avvalroq Petropavlovskdagi 4-maktabda favqulodda holat yuz bergani, 9-sinf o'quvchilaridan biri dars boshlanishidan oldin maktabga bolta va pichoq olib kelib, yuqori sinf o'quvchilariga hujum qilgani xabar qilingandi.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, ikki bola boshi va bilakdagi jarohatlari bilan bolalar shifoxonasida yotibdi, uchinchi bolaga voqea joyida tibbiy yordam ko'rsatilgan. Jabrlangan bolalar 10 va 9-sinflarda o'qiydi.

Shimoliy Qozog'iston viloyati prokuraturasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi voqeani tasdiqladi va barcha jabrlanganlar viloyat bolalar shifoxonasiga yetkazilgani va xushini yo'qotmaganiga aniqlik kiritdi.

Uch nafar maktab o'quvchisiga hujum qilgan 9-sinf o'quvchisi dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, psixiatriya ro'yxatida turadi, deb xabar beradi tengrinews.kz.