Ishlanma mualliflarining fikriga ko'ra, sun'iy intellekt nafaqat 95 foiz holatlarda mamlakatni, balki 40 kilometrlik aniqlik bilan suratga olingan joyini ham to'g'ri ko'rsatadi.

Pigeon mualliflari GeoGuessr o'yinidan ilhomlangan va ular asos sifatida CLIP neyrotarmoq va Google Street View xizmatidan 500 000 ta rasmdan iborat ma'lumotlar bazasidan foydalanishgan. Bu “kichik ma'lumotlar to'plami” bo'lsa-da, mualliflardan biri Saylas Alberti jamoaning ulkan muvaffaqiyatga erishganini ta'kidladi, deb xabar beradi techcult.ru.