Vyetnam va Xitoy tajribasi asosida pillani sanoat usulida yetishtirish yoʻlga qoʻyiladi, pilla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligi oshiriladi.

Buning uchun ikki bosqichda bozor tamoyillariga oʻtiladi.

Birinchi bosqichda bu yil pilla narxi 25 foizga oshiriladi. Aholiga pilla yetishtirish uchun subsidiya beriladi va pilla yetishtiruvchilar daromad soligʻidan ozod qilinadi.

Ikkinchi bosqichda esa 2025-yildan narxni davlat belgilashi, klasterlarga tumanlarni biriktirish, fermer va kasanachilar oʻzi yetishtirgan pillani faqat klasterlarga sotishi amaliyotidan voz kechiladi.

Yaʼni, pilla fermer va klaster oʻrtasida erkin narxda tuziladigan shartnoma asosida yoki birja orqali sotiladi.

Pillachilik sohasini rivojlantirish boʻyicha mutasaddilarga qator topshiriqlar berildi.

Jumladan, ipak qurtini xonadonlarga tarqatib, oʻrma tutzor tashkil etish va uy sharoitida tayyor ipak ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish boʻyicha tizim yaratiladi.

Ozuqa-yem bazasini koʻpaytirish uchun bu yil dalalar atrofida 150 million yangi navli hosildor tut koʻchatini ekish topshirildi.

Ipakchilik instituti huzurida 2 ta naslli urugʻlik stansiyasini ishga tushiriladi. Institutga xitoylik mutaxassislar taklif qilinib, naslli ipak qurti zotlarini yaratish boshlanadi.