Pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi

    Agrosektor 25 Fevral 2023 1160

    “Ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–73-son, 24.02.2023-y.) qabul qilindi

    Qarorga koʻra, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida Ipakchilik va tutchilik fakulteti ochildi.

    2023-yil 1-martdan 2026-yil 1-yanvargacha pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchilarga ular tomonidan bevosita pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har quti ipak qurti urugʻi uchun 120 ming soʻm miqdorida subsidiya ajratiladi.

    2023-yil 1-apreldan “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan oʻzlari ishlab chiqargan ipak mahsulotlarini eksport qilish operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil boʻlishini hisoblashning yagona muddati bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan 360 kun etib belgilandi.

    2023-yil 1-martdan xom ipakni eksport qilish tartibi soddalashtiriladi.

    Maʼlumot uchun: Prezident qarorida (https://lex.uz/docs/5983069) koʻzda tutilgan soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2026-yil 1-yanvargacha uzaytirilgan.