Unda “JINJUZ SILK SO” MChJ Janubiy Koreya ipakchilik kompaniyasining mutasaddi rahbarlari, “Аgropilla” MChJ tuman filiali rahbari Sarvar Mamirov, Qishloq va suv xoʼjaligi boʼlimi masʼullari, agronom va pillakorlar ishtirok etishdi.
Joriy yil pilla mavsumida jami 2 ming 570 quti pilla qurti parvarishlanib, 146 tonna tirik pilla yetishtirish rejalashtirilgan. Dastlabki kunning oʼzida pillaxonaga 2 tonnadan ortiq pilla xomashyosi topshirildi.
Pilla mavsumida birinchi boʼlib “kumush tola” topshirgan S.Rahmatjonova, X.Ibodullaev, T.Isaqulov, Sh.Аbdurahmonov, Sh.Аlimova, Oʼ.Soatov, U.Yoʼldosheva singari ilgʼor pillakorlar “JIN JUZ SILK ” MChJ tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.