Ushbu romanning O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 30 yillik yubileyi doirasida hamda O‘zbek tili bayrami kuni arafasida nashr etilganligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Uchinchi Renessans poydevorini qurayotgan yangi O‘zbekistonda milliy adabiyot va madaniyatni chuqur o‘rganish va uni ommalashtirishga har qachongidan ham ko‘proq ahamiyat berilmoqda. Shu maʼnoda, o‘zbek xalqining sevimli adibi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanini yapon tilida nashr qilinishi buning yorqin misoli bo‘ldi.
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. Bunda qadimdan Buyuk ipak yo‘li orqali bog‘langan ikki mamlakat xalqlarining tarixiy aloqalari hamda mushtarak maʼnaviy qadriyatlari mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Pirimqul Qodirovning ushbu romani Yaponiyada O‘zbekiston madaniyati va tarixi haqida yapon hamjamiyatining tasavvurini yana-da boyishiga xizmat qiladi, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari va madaniy aloqalarni izchil rivojlantirishga o‘ hissa bo‘lib qo‘shiladi.