Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman boʻlimi tomonidan ATB “Mikrokreditbank” Piskent filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.D.” MCHJ rahbari B.X. bank filialidan uskunalar sotib olish uchun ajratilgan 500 mln soʻm kreditni noqonuniy oʻzlashtirib, oʻtkazilgan monitoringda avvaldan mavjud boʻlgan eski asbob-uskunalarini goʻyoki kredit mablagʻi evaziga sotib olganligini koʻrsatganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.