Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Prezidenti va Bosh vaziriga taʼziya yoʻlladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kashmir hududida sodir boʻlgan terrorchilik harakati oqibatida koʻplab insonlar nobud boʻlgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga taʼziya yoʻlladi.