Samarqandda o‘tayotgan Butunjahon turizm tashkiloti (YNVTO) Bosh Assambleyasi 25-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida Samarqandga “Butunjahon madaniy turizm poytaxti” maqomini berish to‘g‘risida deklaratsiya hamda Xalqaro turizm akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida bitim qabul qilindi.

Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza va iqlim o‘zgarishi vaziri A.Abduhakimov va YNVTO bosh kotibi Z.Pololikashvili tomonidan imzolandi.